Sayt test rejimda ishlamoqda

Tadqiqot ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn seminar tashkil etilmoqda

14.08.2024


Joriy yilning 14-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi, Erasmus+ va IMPACT hamkorligida tadqiqot ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn seminarlar o'tkazish yuzasidan muhokama bo'lib o'tdi. 


Muhokamalar davomida mazkur seminarni muvaffaqiyatli tashkil etishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 


Ta’kidlash lozim, ayni paytda seminar mashg'ulotlari 2024-yilning 16-oktyabridan 2025-yilning 5-martiga qadar davom etadi. 


Mazkur jarayonlarda Hellenic Mediterranean universiteti va nufuzli 6 ta universitetlar professorlari ushbu yo‘nalishdagi tajriba va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashadi.