Sayt test rejimda ishlamoqda

Tabiiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi

18.08.2023

..


Ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etish Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining asosiy vazifalar biri hisoblanadi.


Bu borada ilg‘or xorojiy tajribalarni joriy etish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ta‘limni rivoilantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida “EdTechUZ: Empowering Education through Technology for teachers” mavzusida tabiiy fanlar o‘qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.


Joriy yilning 16-18-avgust kunlari Toshkent shahridagi 110-maktabda o‘tkazilayotgan tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan va kelgusida STEAM taʼlimini tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.



O‘quv-seminarining birinchi kuni davomida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda xorijiy mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan “Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari” uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.




Ushbu qo‘llanmada PhET, Nearpod va Kahoot! o‘quv ilovalari yordamida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bu ilovalar yordamida interfaol topshiriqlar, dars rejalari, mustaqil vazifalar, testlar, viktorinalar, dars taqdimotlari, tanlangan mavzular bo‘yicha video kontentlar, tarqatma materiallar yaratish yoki tayyor o‘quv resurslaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.