Ma’lumki, 2024-yilning oktyabr oyida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish maqsadida Koreya Respublikasida boʻlib qaytgan edi.
Mazkur tashrif davomida Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti (KEDI), Uzoq sharq universiteti va qator tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilinib, hamkorlik memorandumlari imzolangan edi.
Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning 23-yanvar kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Koreya Respublikasining ta’lim ekspertlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi mutasaddilari hamda Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti (KEDI)ning Taʼlim statistikasi boʻlimi boshligʻi Dr. Ki Jun Li, Uzoq Sharq universiteti professori Chang-Hvan, Kim va Koreya Ta’lim milliy universiteti professori Ki-Sang Songlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida muhokamalarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muloqotlarni va amaliy jarayonlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.