Yaponiyaning Kokushikan universiteti tomonidan chop etiladigan "Ta’lim strategiyasi" jurnalida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlarining maqolalari e’lon qilindi.
Xususan, "Oʻzbekiston Respublikasida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilishda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning oʻrni va ahamiyati, maxsus maktab, maktab-internatdan inklyuziv taʼlimga oʻtkazish" sarlavhali maqolada inklyuziv taʼlimga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarni jalb qilishning qonunchilikdagi o‘rni, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtiroki va roli, toʻsiqsiz moslashtirilgan taʼlim muhitini yaratish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlashda pedagoglarning faoliyatiga to‘xtalib o‘tilgan.
Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasida alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta'lim islohotlarining sharhi" sarlavhali maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning xususiyatlari, inklyuziv taʼlimni tashkil etish talablari, mamlakatimizda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan.