Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limni rivojlantirish markazi vakili Yevropa universitetlari sammitida ishtirok etdi

24.04.2024


Joriy yilning 23-24-aprel kunlari Germaniyaning Bremen shahrida Yevropa universitetlari sammiti bo‘lib o‘tdi. 



Ta’lim sohasida dunyoning yetakchi mutaxassislari va olimlari jamlangan mazkur tadbirda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i Anvarjon Mahmudov ham ishtirok etdi. 



Sammit davomida tadqiqot va innovatsiyalarda sanoat va universitetlar o'rtasidagi hamkorlikning yangi modellari, 4-avlod universiteti va uning mintaqaviy innovatsion ekotizimlardagi muhim rolini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.



Shuningdek, Yevropa va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ta’lim sohasini strategik jihatdan rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.