Joriy yilning 7–9-oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “THE World academic summit” tashkil etilmoqda.
Dunyoning 500 dan ortiq nufuzli tashkilotlari hamda universitetlarini jamlagan tadbirda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i Anvarjon Maxmudov ham ishtirok etmoqda.
Sammit davomida mahalliy, milliy va xalqaro hamjamiyatlar taraqqiyotida universitetlarning roli, ta’lim va mehnat bozori muvozanatini tashkil etish hamda bu boradagi davlat siyosati bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, universitetlarning xalqaro reyting natijalari ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash lozim, joriy yilda ilk marotaba O‘zbekistondan 3 ta oliy ta’lim muassasasi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Times Higher Education" xalqaro reytingining TOP-1000 talik ro‘yxatidan o‘rin olishi kutilmoqda.