Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limni rivojlantirish markazi Uchtepa tumanidagi 129-umumta’lim maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi

09.02.2024


Prezidentimizning 2024-yil 2-fevraldagi 54-sonli “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Uchtepa tumanidagi 129-sonli umumta’lim maktabi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga biriktirildi.


Bugungi kunda mazkur maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi. 



Xususan, bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir munosabati bilan markaz xodimlari maktabdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. 


Shuningdek, Navoiy g‘azallarini ifodali o‘qigan o‘quvchilarga ulug‘ bobokalonimiz asarlari sovg‘a qilindi. 



Ta’kidlash lozim, maktab faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. 


Bu yerda amalga oshiriladigan ishlar natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.