Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi

21.12.2024


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Kolorado Boulder universitetining Phet Interactive Simulations notijorat tashkiloti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 



Uchrashuv davomida ta’lim jarayonlariga raqamli resurslarni joriy etish va pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati hamda istiqboldagi loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 



Tadbir yakunida muhokamalarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.