Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Britaniya Kengashi hamda Global Assessment Solutions hamkorligida "Ta’limda yaxlit yondashuv va baholashda global yechimlar" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Onlayn va oflayn shakllarda o‘tkazilgan tadbirda Ta’limni rivojlantirish markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi va boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda xalqaro ekspertlar tomonidan mahalliy mutaxassislarga baholash asoslari, o‘quv dasturlari, o‘qitish jarayoni va baholashning uzviy bog‘liqligi, baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar, nazorat materiallarini ishlab chiqish kabi bir qator mavzularda mashg‘ulotlar olib borildi.
Ta’kidlash lozim, o‘quv jarayonlarining nazariy qismi joriy yilning 6-10-noyabr kunlari onlayn shaklda o‘tkazilgan bo‘lsa, 13-14-noyabr kunlari Ta’limni rivojlantirish markazida xalqaro ekspert Aidan Holland tomonidan olingan nazariy ma'lumotlarni O'zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha amaliy seminarlar olib borildi.
Tadbir yakunida bu kabi o‘quvlarni doimiy tarzda tashkillashtirib turishga kelishib olindi.