Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

15.01.2025


Joriy yilning 15-yanvar kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumta’lim maktabida tumandagi 43 ta maktabning tabiiy fan o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar hamda virtual laboratoriya va simulyatsiyalardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.



Unda markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Yagona raqamli ta’lim resurslari va xizmatlari portali”dagi Tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriya va simulyatsiyalar platformasi, fizika faniga oid The Physics Aviary platformasining o‘zbek tilidagi talqini hamda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va vositalari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmadan foydalanish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.



Muhokamalar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.