Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limda inklyuzivlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

04.12.2024


Joriy yilning 4-dekabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “International Inclusive Hub” inklyuziv professional ta’lim xalqaro tayanch markazida tashkil etilgan ishchi guruh uchrashuvida ishtirok etdi.


Unda xalqaro standartlarga mos inklyuziv professional o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga doir qator masalalar muhokama qilindi.



Shuningdek, o‘quv kurslariga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish, inklyuziv professional o‘quv dasturlarining mazmunini boyitish va o‘quv jarayonlarini inklyuziv ta’lim talablariga moslashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va boshqa ehtiyojmand o‘quvchilar uchun moslashtirilgan o‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.



Uchrashuv yakunida ta’lim sohasidagi yetakchi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish, o‘quv kurslariga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va