Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limda 4K metodi. Bu nima degani?

22.11.2023






Kommunikatsiya


Bunda o‘quvchining o‘z fikr va mulohazalarini boshqalarga aniq ifodalagan holda axborot almashish qobiliyati tushuniladi.


Kommunikatsiya nuqtai nazarni teran va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, fikrni shakllantirishda til vositalaridan maqsadli foydalanishga yordam beradi.


Kollaboratsiya


Bu oʻquvchilarning maqsadga erishish uchun boshqalar bilan ishlash qobiliyatini anglatadi. 


Kollaboratsiya o‘quvchilarda hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi.


Kreativlik


Kreativlik o‘z ichiga aqliy hujum, gʻoyalarni boshqalarga loʻnda va ravon yetkazish qobiliyatlarini qamrab oladi.


Bu orqali o‘quvchi oʻz fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglash,tushunish, maʼlumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga erishishi mumkin.


Kritik fikrlash


Kritik fikrlash o‘quvchilarning tahlil qilish, sharhlash, baholash, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.


O‘quvchilar oʻz topilmalarini tartibga solish va tasvirlash, maʼlumotlarini solishtirish va qiyoslash hamda bir-birlari bilan boʻlishish uchun grafikalardan foydalanishlari mumkin.


Eslatib o‘tamiz, yangi darsliklar metodikasi “4K” modeliga asoslangan. 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi.