Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlashda Yaponiya tajribasi oʻrganilmoqda

23.07.2024


Joriy yilning 22-iyul kuni “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablar” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.


Unda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi rahbari Kohei Horiba va taʻlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish ishchi guruhi vakillari ishtirok etishdi.



Seminar davomida taʻlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlashda inklyuzivlikni taʻminlash, bu borada Yaponiya tajribasining oʻziga xos jihatlari haqida atroflicha maʻlumot berildi.


Shuningdek, mazkur jarayonlarni Oʻzbekiston sharoitiga tatbiq etish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.



Qizgʻin bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtgan seminar yakunida tomonlar koʻtarilgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.