Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’lim sohasini rivojlantirishda Jahon banki bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

11.06.2024


Joriy yilning 6-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Hiroshi Saeki va Viktoriya Babaxodjayevalar ishtirok etdi.



Uchrashuv davomida tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati hamda jarayonlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.



Uchrashuv yakunida muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlika aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olindi.