Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’lim sohasini raqamlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

27.02.2025


Joriy yilning 25-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va KERIS (Koreya Taʼlim va tadqiqot axborot xizmati) oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Unda raqamli taʼlim, pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan treninglar va onlayn seminarlar tashkil etish, EdTech va taʼlimda maʼlumotlar tahlili boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari hamda oʼzaro tajriba almashish va taʼlim sohasida innovatsiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Uchrashuv yakunida tomonlar muhokamalar davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.