Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’lim sifati va ekologik madaniyatni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi

18.02.2025


Joriy yilning 18-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi "Teach for Uzbekistan" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 



Unda raqamli ta’limni rivojlantirish, STEM fanlarining o‘qitilishi va ta’lim oluvchilar o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.



Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.