Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimni rivojlantirishda yangi texnologiyalar va metodlar o‘rganilmoqda

27.11.2024


Taʼlimni rivojlantirish respublika markazi xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining Hohai universitetiga tashrif buyurdi.



Unda markaz vakillari “Taʼlimda yangi texnologiyalar va metodlar” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.


Shuningdek, mazkur tashrif davomida universitetning Biznes maktab rahbariyati bilan taʼlim-tadqiqotlar faoliyati va talabalar almashinuvi boʻyicha hamkorlik uchrashuvlari oʻtkazildi.



Shundan soʻng universitetning Jiangning Campusida tashkil etilgan ilgʻor taʼlim texnologiyalardan boʻlgan Smart classroom, Blue-eagle simulyatsiya laboratoriyalari va Ijtimoiy neuroscience eksperiment laboratoriyalari bilan tanishdilar.