Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimda sunʼiy intellekt chatbotlari koʻchirmakashlikka sabab boʻlmasligi aniqlandi

20.12.2023


Stenford universitetida oʻtkazilgan tadqiqotlar SI chatbotlari, shu jumladan, ChatGPT maktablarda koʻchirmakashlikning kuchayishiga olib kelmasligini isbotladi. AQSH ning 40 ta maktabida oʻtkazilgan soʻrovnomada koʻchirmakashlik doimiy darajada ekanligi (60-70 foiz) maʼlum boʻldi.


Pew tadqiqot markazi AQSH dagi 1400 nafar oʻsmirda soʻrov oʻtkazib, ChatGPT dan juda ozchilik xabardor ekanini, faqatgina 13% oʻquvchilar undan uy vazifalarini bajarishda foydalanishini aniqladi. Tabiiyki, bu raqamlar ChatGPT taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatadi, degan fikrni shubha ostiga qoʻyadi.


Tadqiqot natijalaridan maktab oʻquvchilari uchun SI vositalaridan foydalaniladigan taʼlimni joriy qilish zarurligini anglash mumkin.


Shuningdek, ChatGPT ni ayrim loyihalarda qoʻllash yetarli samara berishi eʼtirof etildi. Bu omil esa taʼlim va SI ning muvozanatli integratsiyasini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.