Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimda innovatsion texnologiyalardan foydalanish boʻyicha muloqot uchrashuvi (Meet up) tashkil etildi

13.02.2025



Joriy yilning 12-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Shayxontohur tumanidagi 102-maktabda tumandagi tabiiy fan oʻqituvchilari uchun muloqot uchrashuvi (Meet up) tashkil etildi. 



“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida 35 ta maktab pedagoglari ishtirok etgan tadbirda dars jarayonida zamonaviy pedagogik dasturlar, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalardan foydalanishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Seminarda, shuningdek, markaz tomonidan ishlab chiqilgan "Yagona raqamli taʼlim resurslari va xizmatlari portali"dagi tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriyalar, STEM mashgʻulotlari va interfaol taʼlim resurslari tanishtirildi.



Bundan tashqari, mahalliylashtirilgan “The Physics Aviary”platformasining oʻzbek tilidagi talqini boʻyicha taqdimot ham boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.