Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

11.06.2024


Joriy yilning 24-may kuni Taʼlimni rivojlantirish markazida “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda markaz vakillari tomonidan barcha ta’lim bosqichlari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash, taʼlim natijalarini baholash jarayonini takomillashtirish orqali sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish boʻyicha bir qator takliflar bildirildi.


Shuningdek, bu borada bugungi kundagi mavjud holat hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 



Yakunda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha ta’lim vazirliklari va mas’ul tashkilotlar bilan ham keng miqyosda hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.