Joriy yilning 6-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Global New Energy akademiya asoschisi va bosh direktori, Tailand Qirolligi taʼlim vazirligi kengashi aʼzosi Star Sin Ni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish, ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida koʻtarilgan mavzular yuzasidan oʻzaro muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.