Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlim tizimi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi loyihasi xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi

04.09.2024




Joriy yilning 4-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va YUNISEF tashkiloti vakillari ishtirokida oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi muhokamasi bagʻishlangan navbatdagi onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi mutasaddilari hamda YUNISEFning Oʻzbekistondagi taʼlim boʻyicha maslahatchisi Yana Chicherina, taʼlim boʻyicha xalqaro ekspert Metyu Goldi-Skottlar ishtirok etdi.


Metyu Goldi-Skott oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasini takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Xususan, konsepsiyaning 3- va 4-boblar tarkibiy qismlarini xalqaro tajribalarga va amalga huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga mos kelishi, taʼlim standartlari va asosiy kompetensiyalarni aks ettirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.


Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.