Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlim tizimi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi

24.05.2024


Joriy yilning 22-may kuni Taʼlimni rivojlantirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi VMQ-157-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim turlari matematika va informatika fanlari oʻquv dasturlarining uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 



Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Respublika taʼlim markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari ishtirok etdi.



Uchrashuvda konsepsiyaning ishlab chiqilishi taʼlim turlari oʻrtasidagi muvofiqlik, oʻzaro uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashi alohida taʼkidlandi.


Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan konsepsiyani ishlab chiqilishi jarayonlari, bu boradagi mavjud holat va istiqboldagi rejalar boʻyicha taqdimot qilindi. 



Taqdimot davomida qabul qilingan konsepsiyalar bilan ishlab chiqilayotgan konsepsiyaning maqsadlari va bu boradagi xorijiy tajribalar haqida ham maʼlumotlar berildi. 


Muhokamalar yakunida ishtirokchilar koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.