Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

19.04.2024


Joriy yilning 19-aprel kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. 


Yig‘ilishda taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha umumiy holat, moddiy-texnik jihozlarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqishda inklyuzivlikni inobatga olish hamda taʼlim tashkilotlari faoliyatidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 



Tadbir yakunida ta’lim tashkilotlari moddiy texnik bazaga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.