Joriy yilning 19-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda taʼlim sohasiga doir yangi loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida oʻquv-metodik qoʻllanmalar, innovatsion va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish, kasbga yoʻnaltirish va raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha oʻquv kurslar, seminar-treninglar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish yuzasidan ham oʻzaro fik almashildi.
Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.