Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabr kuni imzolangan PF-152-sonli Farmonida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi oldiga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 7-oktyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish markazida amalga oshiriladigan boʻyicha chora-tadbirlar rejasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda pedagoglarga metodik yordam koʻrsatish, elektron taʼlim kontentlari bilan boyitish, oʻquv adabiyotlar tayyorlash va boshqa yoʻnalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida muhokama davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.