Joriy yilning 28-yanvar kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universitetida tadqiqotchilar va doktorantlar uchun taʼlim kontentlari samaradorligining tahlil qilishga doir seminar tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbir davomida umumiy oʻrta taʼlimda oʻquv dasturlari va taʼlim kontentlarining samaradorligi yuzasidan dalillarga asoslangan tahlil oʻtkazish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, taʼlim standartlari va talablari oʻrtasidagi muvofiqlikni baholash, oʻquv dasturlari, darsliklar va multimedia resurslarining samaradorligini tahlil qilish hamda taʼlim ishtirokchilari uchun tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Seminar yakunida tadbirda koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.