Joriy yilning 15-avgust kuni Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi taʼlim muassasalari direktorlar hamda ularning o‘rinbosarlari uchun 2 kunlik "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening boshlandi.
Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari tomonidan ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati hamda PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirib, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.
Seminar-trening ertaga, 16-avgust kuni ham davom etadi.