Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etilgani haqida avval xabar bergan edik.
Ushbu kursda 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari koreyalik malakali mutaxassislardan zarur bilim va ko‘nikmalarni olishmoqda.
Kursning birinchi bosqichida o‘quvchilar boshlang‘ich bilimlarni egallashgan bo‘lsa, joriy haftadan boshlab, dasturlash bo‘yicha ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘quvchilarga soha bo‘yicha murakkabroq bo‘lgan mavzular o‘tilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda 2-guruh o'quvchilariga Orange3 dasturi yordamida katta hajmdagi ma'lumotlarga ishlov berish o'rgatilmoqda.
Mashg’ulotlarda o’quvchilar AI vositalaridan foydalanib robototexnikaga qurilmalaridan turli loyihalar yaratmoqdalar. Buning natijasida o'quvchilarda kollaboratsiya qilish, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari oshmoqda.
Ta’kidlash lozim, mazkur kursda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.