Sayt test rejimda ishlamoqda

Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh suitsidologi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

20.03.2025


Joriy yilning 19-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh suitsidologi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 



Ushbu hujjatga ko‘ra, quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik va tajriba almashish yoʻlga qoʻyiladi:



– akademik materiallar, mutaxassislik va boshqa tegishli maʼlumotlarni almashish;


– nashr yoki taqdimot uchun ilmiy ishlanmalarni almashish;


– bilim va kadrlar almashinuvi orqali tadqiqot faoliyatlari, konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminar va oʻquvlar tashkil etishda hamkorlik qilish;


– taʼlim oluvchilarga nisbatan zoʻravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik, idoralar bilan kelishish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish;


– bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha pedagog kadrlar, jumladan, sinf rahbarlari, maktab psixologlari va direktor oʻrinbosarlari uchun maxsus kurs oʻquv reja, dastur ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;


– tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maxsus kurslar tashkil qilish natijasida pedagog kadrlarning malaka oshirishini tashkil etish;


– oʻqituvchilarda kasbiy soʻnishga olib keluvchi omillarni aniqlash, stresslarga bardoshlilik darajasini diagnostika qilish metodikasi hamda vositalarini ishlab chiqish;


– soʻrovnomalar oʻtkazish orqali aniqlangan ehtiyojlarni hisobga olgan holda oʻqituvchilarda kasbiy soʻnishning oldini olish va stresslarga bardoshlilik darajasini oshirish boʻyicha simulyator va keyslarni yaratish, amaliyotga tatbiq etish;


– emotsional barqarorlikni shakllantirish uchun maxsus mashgʻulotlar (stressni boshqarish, motivatsiyani oshirish, muvaffaqiyatga erishish psixologiyasi) oʻtkazish;


– ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali pedagoglarni ijtimoiy-psixologik himoya qilish boʻyicha maxsus mediakompaniyalar tashkil etish.



Ta’kidlash lozim, ushbu hujjat ta’lim tizimida psixologik xavfsizlikni ta’minlash, pedagog va o‘quvchilarning ruhiy holatini mustahkamlash hamda zo‘ravonlik va suitsidning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.