Sayt test rejimda ishlamoqda

"Skills Up: boshlangʻich taʻlimda oʻqitishning innovatsion usullari, muammo va yechimlar" mavzusida trening tashkil etildi

06.03.2025


Joriy yilning 6-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida "Skills Up: boshlangʻich taʻlimda oʻqitishning innovatsion usullari, muammo va yechimlar" mavzusida trening oʻtkazildi. 



Unda viloyatning 40 dan ortiq boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok etib, amaliy mashg'ulotlarda o‘zaro tajriba almashdi.


Trening davomida darslik mualliflari va soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy o‘qitish usullari, innovatsion texnologiyalar, o‘quvchilarning individual xususiyatlari va savodxonligini oshirish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. 



Jarayon yakuni ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.