Joriy yilning 20-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida “Bizning kuchli va zaif tomonlarimiz” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etilgan seminar trening davomida taʼlim muassasalarida bezorilik va zoʻravonlikni oldini olish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Shuningdek, muassasa pedagog jamoasiga ham kasbiy soʻnish hamda kasbiy stressni oldini olish yuzasidan psixologik tavsiyalar ham berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.