Sayt test rejimda ishlamoqda

"Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi

07.02.2024




So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar boshqa sohalar qatorida ta’limda ham sezilarli o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. 



Shundan kelib chiqqan holda, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi. 



Mazkur talablar quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanilishi tavsiya etiladi:



  • innovatsion ta’lim resurslaridan foydalanishni tartibga solish;


  • ta'limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; 


  • ta’lim sifati va samaradorligini oshirish;


  • mustaqil ta’limni va innovatsion o’qitish usullarini qo’llash;


  • ta’limda virtual muhitni yaratish, o'rganishning o'ziga xos va xavfsiz usullaridan foydalanishni joriy etish;


  • xalqaro tajribalarda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish.



Hujjatni yuklab olish (pdf 500kb)