Joriy yilning 25-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Qarshi shahridagi 47-umumiy oʻrta taʼlim maktabida viloyatdagi pedagoglar uchun “Metodik marafon” tashkil etildi.
Marafondan koʻzlangan maqsad:
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;
xalqaro baholash tadqiqotlarida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning oʻzlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;
oʻqituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
Bugungi kunga qadar “Metodik marafon”da ishtirok etish uchun pedagoglardan 800 tadan ortiq metodik resurslar kelib tushdi.
Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinib, marafon uchun trener sifatida jalb etilmoqda.
Ushbu jarayonlar pedagoglarga oʻqish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlarida 4 ta shoʻbaga boʻlingan holda tashkil etilmoqda.
Bahorgi taʼtil hamda oʻqituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kunlari” da oʻtkazilgan jarayonlar uchun yuborilgan materiallar tahlil qilinib, eng yaxshi metodik resurslar mualliflari trener sifatida jalb etilgan.
Onlayn va oflayn tarzda oʻtkazilayotgan marafonga respublikamizning barcha hududlaridan qiziqish bildirgan 1000 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olingan.
Har bir mashgʻulotdan soʻng ishtirokchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Ta’kidlash lozim, bugungi kunga qadar ushbu tadbirlarda:
– 350 ga yaqin master-klass berildi;
– 65 000 dan ortiq pedagoglar ishtirok etdi;
– 250 ga yaqin mentorlar korpusi yaratildi.
“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” boʻyicha 208 ta tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatildi.