Joriy yilning 5-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik xizmat xonalarini jihozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dastlabki “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik xizmat xonalarini jihozlash bo‘yicha yo‘riqnoma” loyihasini ekspert sifatida ko‘rib chiqish, tahlil qilish hamda takomillashtirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda soha mutaxassislari tomonidan dastlabki yo‘riqnoma loyihasi tahlil qilindi hamda zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, psixologik xizmat xonalarini zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlash bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda ishlab chiqilgan dastlabki yo‘riqnoma loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida muhokamalar davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.