Joriy yilning 17-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan diagnostik test sinovlari o‘tkazildi.
Ushbu sinovlardan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchilarning mutaxassislik fanlari, kasb standartlari va pedagogik mahoratlari bo‘yicha bo‘shliqlarini aniqlash va metodik yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
Oʻtkazilgan test natijalariga ko‘ra, pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi va zaruriy yordamlar ko‘rsatiladi.