Sayt test rejimda ishlamoqda

Pedagogik mahorat va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi

24.01.2024


Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar va resurslarni qo‘llashga bo‘lgan eʼtibor kundan kunga kuchayib bormoqda. 


Shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va хulosa qilishga o‘rgatadi. 


Bu jarayonda o‘qituvchi shaxsning rivojlanishi va bilim olishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda, ushbu texnologiya va resurslardan foydalanishda yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi.


Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlarini tayyorlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.


Xususan, ITSM bilan birgalikda Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari (Phet, Kahoot, Nearpod) bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.


Ushbu qo‘llanmada PhET, Nearpod va Kahoot o‘quv platformalari yordamida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, platformalarda shaxsiy akkaunt yaratishdan boshlab uning barcha funksiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. 


Shuningdek, platformalar yordamida interfaol topshiriqlar, dars rejalari, mustaqil vazifalar, testlar, viktorinalar, dars taqdimotlari, tanlangan mavzular bo‘yicha video kontentlarni, tarqatma materiallar yaratish yoki tayyor o‘quv resurslaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.


Yaratilgan yar bir topshiriq o‘quvchilarga tadqiqotlarda interfaol tarzda ishtirok etish, o‘z fikrlarini ayta olish va uni boshqalar bilan muhokama qilish, muammoli savollarga javob topish imkonini beradi va ularning tadqiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.


Umid qilamizki, ushbu uslubiy qo‘llanma o‘qituvchilarga amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda va ta’lim sifatini oshirishda yordam beradi!


Qo‘llanmani yuklab olish