Joriy yilning 14-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda paralimpiya sporti vakillari ishtirokida “Men o‘zimga ishonaman” shiori ostida seminar trening tashkil etildi.
O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda maktab pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sportchilar tomonidan o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda mavjud to‘siqlarga qaramasdan ulkan natijalarga erishish bo‘yicha shaxsiy tajribalari bilan bo‘lishdi.
Seminar yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.