Joriy yilning 24-iyunidan boshlab, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda PISA 2025 o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda.
Trening davomida yetakchi koderlar tomonidan tadqiqotning tabiiy-ilmiy, o’qish, matematik savodxonliklari kabi 3 ta kognitiv yo’nalishlari bo’yicha o‘quvchilarning ochiq strukturalangan savollarga bergan javoblarini kodlashtirish jarayonlari, umumiy tamoyillari hamda kodlash (baholash) jarayonida uchraydigan ayrim muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ma'lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, treningning birinchi kunida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi Avazjon Shakirov tomonidan "PISA 2025 – Raqamli dunyoda o‘rganish" mavzusida taqdimot qilindi.
Eslatib o'tamiz, trening jarayonlari joriy yilning 5-iyuligacha bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng bevosita kodlashtirish (baholash) jarayonlari tashkil etiladi.