Sayt test rejimda ishlamoqda

O‘zbekistondagi Koreya taʼlim markazi direktori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

27.03.2024

Bugun, 13-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Ta’lim markazi direktori janob Peng Chu Man bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv davomida mehmonlarga Markaz faoliyati, istiqbolli loyihalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.



Janob Peng Ju Man Ta’limni rivojlantirish markazi missiyasi muhimligini ta’kidlab, Koreya Respublikasi ta’lim tuzilmalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.



Tomonlar stajirovkalar, ishtiyoqmand o‘quvchilar uchun koreys tili kurslarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va 129-sonli maktabga birgalikda tashrif tashkil etishda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.