Sayt test rejimda ishlamoqda

O‘quvchilarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

26.03.2025


Joriy yilning 26-mart kuni YUNISEF ofisida maktab o‘quvchilari – yosh eko-chempionlar va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari hamda dasturlari mualliflari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.



Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari hamda “Yosh eko-chempionlar” hamjamiyati a’zolari bo‘lgan 50 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida jamiyatda ekologik savodxonlikni oshirishda maktab ta’limining o‘rni, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari, shuningdek, ushbu holatlarning oldini olishda o‘quvchilarning roli xususida atroflicha fikr almashildi.



Ta’kidlash joizki, “Yosh eko-chempionlar” hamjamiyati a’zolari 2024-yilning iyul oyida saralab olingan hamda maxsus treninglarda ishtirok etgan. 2024–2025-o‘quv yili davomida ular o‘z maktablari va hududlarida tengdoshlariga iqlim o‘zgarishi, unga moslashish va uni yumshatish (mitigatsiya) usullari bo‘yicha xabardorlikni oshirish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.