Joriy yilning 19-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi va “Sharq Ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Ta’limni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova, mutasaddilar hamda Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Hulkar Mahmudova va boshqaruv raisi Saodat Tursunbayevalar ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida belgilangan vazifalar, xususan, bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pedagoglarni metodik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va shu kabi boshqa qator masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida muhokamalar davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.