Joriy yilning 12-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilarga tajriba-sinov tariqasida CodeMonkey platformasidan foydalanib dasturlash asoslarini oʻrgatish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida tajriba-sinov jarayonlarining o‘tkazilishi hamda bu borada hal qilinishi lozim bo‘lgan qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.