Joriy yilning 9-oktyabr kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda "XXI asr ko‘nikmalari. Fikrlash va bilim o‘rtasidagi bog‘liqlik" mavzusidagi seminar bo‘lib o'tdi.
Tadbir davomida pedagoglarga XXI asr ko‘nikmalari va turlari, o‘quvchilarda 4K ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy va kreativ fikrlashni oshirish bo‘yicha ta’lim yondashuvlari, sinfdagi muhit, ijodiy faoliyat, muammoni kreativ hal qilish kabi qator mavzularda batafsil ma’umot berildi.
Seminar yakunida o‘qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.