Sayt test rejimda ishlamoqda

O‘qituvchilar uchun xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha seminar tashkil etildi

11.06.2024


Joriy yilning 5-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.


Unda matematika, informatika, tabiiy fan va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok etishdi.



Seminar davomida oʻqituvchilarga xalqaro baholash dasturlari, PIRLS 2021 va PISA 2022 tadqiqotlari natijalari haqida atroflicha maʼlumot berildi. 


Shu bilan birgalikda, tadbirda PISA 2022 tadqiqotining ochiq eʼlon qilingan topshiriqlari va ularning yechish usullari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.



Seminar yakunida oʻqituvchilar xalqaro tadqiqotlarga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda oʻquvchilarning funksional savodxonligini, tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi.