Joriy yilning 17-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida YUNESKOning media-savodxonlik yoʻnalishidagi ekspertlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori v.b. Yuliya Risyukova, tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda YUNESKOning media va axborot savodxonlik, madaniyatlararo aloqalar boʻyicha konsultanti Olunifesi Suraj, kommunikatsiya va axborot dasturi boʻyicha konsultanti Annett Obolenski va tashkilotning media va axborot savodxonligi boʻyicha konsultanti Nozima Muratova ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimiz taʼlim tizimida media va axborot savodxonligi oʻqitilishining bugungi kundagi holati, ushbu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarning oshirilishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, YUNESKO vakillari tomonidan bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.