Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻquvchilarni baholash konsepsiyasi boʻyicha respublika ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

29.05.2024


Joriy yilning 29-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish natijalarini baholash konsepsiyasi bo‘yicha respublika ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish natijalarini baholash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, uning maqsad va vazifalari, o‘qitish natijalarini baholashning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.



Yig‘ilish davomida umumiy o‘rta ta’lim tizimida baholash jarayonida vazirlik va tashkilotlarning roli, yagona davlat imtihonini bosqichma-bosqich joriy etish, baholash jarayonini raqamlashtirish, o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish yoki qoldirish tartibi, quyi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni rasmiy baholamaslik singari normalar muhokama qilindi.




Tadbir yakunida yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.