Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻquvchilarni baholash konsepsiyasi boʻyicha respublika ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

11.06.2024


Joriy yilning 10-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqitish natijalarini baholash konsepsiyasi boʻyicha respublika ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Yigʻilishda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, masʼul vazirlik va idoralar vakillari hamda soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etishdi. 



Uchrashuvda umumiy oʻrta taʼlim tizimida baholashdagi yondashuvlar va tamoyillar, yaxlit va inklyuziv baholash, umumiy oʻrta taʼlim tizimida xalqaro baholash dasturlari oʻrni, milliy baholash tadqiqoti, kutilayotgan natijalar hamda yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. 


Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimda oʻqitish natijalarini baholashning yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan ekspertlarning takliflari olindi.



Tadbir yakunida yigʻilishda koʻtarilgan masalalar boʻyicha respublika ishchi guruhi aʼzolarining yakdil xulosasiga erishildi.