Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi

23.07.2024


Joriy yilning 18-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va YUNISEF tashkiloti vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. 


Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi mutasaddilari hamda YUNISEFning Oʻzbekistondagi taʼlim boʻyicha maslahatchisi Yana Chicherina, taʼlim boʻyicha xalqaro ekspert Metyu Goldi-Skottlar ishtirok etdi. 



Uchrashuv davomida oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 


Xususan, konsepsiyada Janubiy Koreya, Singapur, Shveysariya hamda Finlyandiya tajribasining mamlakatimiz taʼlim tizimi uchun mos keladigan jihatlarini aks ettirish lozimligi taʼkidlandi. Shu bilan birgalikda mazkur jarayonda inklyuzivlikka alohida eʼtibor qaratishga doir masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi. 



Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.