Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻqituvchilarning raqamli savodxonligini baholashga qaratilgan test jarayonlari oʻtkazildi

18.05.2024


Joriy yilning 17-may kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻqituvchilarning raqamli savodxonligini baholashga qaratilgan test jarayonlari oʻtkazildi. 



Mazkur jarayonlar orqali oʻqituvchilar uchun joriy yilning fevral oyidan boshlab o‘tkazilgan oʻquvlar asosida pedagoglarning raqamli savodxonligi darajasidagi o‘zgarishlar baholandi. 



O‘tkazilgan test natijalari asosida pedagoglardagi rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi hamda mazkur tahlil natijalari asosida zaruriy choralar belgilanadi.